Oila — jamiyatning asosiy boshlang'ich bo'g'ini, go'zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an'analarni o'zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o'ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo'lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo'ladi.
Xalqaro oila kuni munosabat bilan 2024-yil 15-may kuni Chirchiq shahrida “Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi” ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlov avvalida “Maxam-Chirchiq”AJ Oila va xotin-qizlar kengashi raisi M. Shorayimovaga “Rahbar ayol timsoli” nominatsiyasi bo’yicha g’oliblik diplomi topshirildi.
Tanlovda “Maxam-Chirchiq”AJning Texnik nazorat hodimi D.Aliyeva oilalasi ishtirok etdi. Tadbir so'ngida ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati