«Navoiyazot» AJ «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlari va aktsionerlar huquqlarini himoya qilish» to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlarida koorporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida» gi PQ- 4720 – sonli Farmoni, Jamiyat Ustavi «Navoiyazot» AJ boshqaruv organlari rahbarligiga nomzodlarni tanlab olish Reglamentiga muvofiq jamiyat boshqaruv organlari a'zoligiga (logistika bo'yicha direktor) nomzodlar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovga O'zbekiston Respublikasi va mazkur tanlovda qatnashish istagini bildirgan xorijiy davlatlar fuqarolari taklif etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2016 yil 1 avgust ertalab soat 8:00 dan 2016 yil 30 avgust kech soat 17:00 gacha (mahalliy vaqt bilan).
Tanlov o'tkazish mo'ljallangan sana: 2016 yilning 31 avgust – 2 sentyabr kunlari.
Tanlov o'tkaziladigan joy: Tashkent shahri, Navoi ko'chasi, 38 uy, «O'zkimyosanoat» AJ.
Arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilish: 2016 yil 1 avgustdan 2016 yil 30 avgustgacha dushanba – payshanba kunlari (mahalliy vaqt bilan) soat 10:00 dan 17:00 gacha, juma kuni 10:00 dan 16:00 gacha, Navoiy-5, Industrial zona, yangi zavod boshqarmasi 105 kabinetda qabul qilinadi, aloqa uchun telefonlar (0436) 229-27-24.
Aloqada bo'luvchi shaxs: koorporativ munosabatlar va informatsion resurslar boshqarmasi boshlig'i Karagodina Lyudmila Afanasevna.
Elektro pochta: management@navoiyazot.uz
Internet-sayt: navoiyazot.uz
Ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2016 yil 30 avgust (mahalliy vaqt bilan) soat 17:00.