«Navoiyazot» AJ «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlari va aktsionerlar huquqlarini himoya qilish» to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlarida koorporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida» gi PQ- 4720 – sonli Farmoni, Jamiyat Ustavi «Navoiyazot» AJ boshqaruv organlari rahbarligiga nomzodlarni tanlab olish Reglamentiga muvofiq jamiyat boshqaruv organlari rahbarligiga (boshqaruv raisi) nomzodlar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovga O'zbekiston Respublikasi va mazkur tanlovda qatnashish istagini bildirgan xorijiy davlatlar fuqarolari taklif etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2016 yil 10 iyul ertalab soat 800 dan 2016 yil 9 avgust kech soat 1700 gacha (mahalliy vaqt bilan).
Tanlov o'tkazish mo'ljallangan sana 2016 yilning 10-12 avgust kunlari.
Tanlov o'tkaziladigan joy: Tashkent shahri, Navoi ko'chasi, 38 uy, «O'zkimyosanoat» AJ.
Arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni qabul qilish 2016 yil 10 iyuldan 2016 yil 9 avgustgacha dushanba – payshanba kunlari (mahalliy vaqt bilan) soat 1000 dan 1700 gacha, juma kuni 1000 dan 1600 gacha, Navoiy-5, Industrial zona, yangi zavod boshqarmasi 105 kabinetda qabul qilinadi,
aloqa uchun telefonlar (0436) 229-27-24.
Aloqada bo'luvchi shaxs: koorporativ munosabatlar va informatsion resurslar boshqarmasi boshlig'i Karagodina Lyudmila Afanasevna.
Aloqa ma'lumotlari: e-mail: management@navoiyazot.uz
Internet-sayt: www.navoiyazot.uz
Ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati
2016 yil 9 avgust (mahalliy vaqt bilan) soat 17.00.
Hurmat bilan,
N.Yo.Juraev
Vaqtincha «Navoiyazot» AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi