Bugun 24 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining metematika fani bo'yicha birinchi kirish imtihoni O'zbekiston Milliy universiteti hududida bo'lib o'tdi. Imtihonlar 24-26-28 avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
Tadbirda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Filial direktori S.N.Filatov, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, Xalqaro loyihalar va dasturlar boshqarmasi boshlig'i O.B.Vasileva, universitet va filial mas'ul xodimlari va talabalar ishtirok etdi.
Navoiy shahri xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo'shma majlisida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Mavlonovich Sharipov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga munosib ko'rildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filiali Vasiylik Kengashining yig'ilishi o'tkazildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan yig'ilishda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, Filial direktori S.N.Filatov, universitet va filial mas'ul xodimlari, Vasiylik kengashi a'zolari, “Indorama”, “Lukoyl O'zbekiston opereyting kompani”, “Sibur xolding” kabi xorij kompaniyalarning vakillari hamda kimyo va neft-gaz korxonalari ishtirok etdi.
“O‘zkimyosanoat” AJ va KOICA hamda yangi tashkil etilayotgan xalqaro markaz uchun ilmiy tadqiqotchilar tanlovini e’lon qiladi!
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va jamiyat tizimidagi tarmoq korxonalrining 2019 yil 31 dekabr holatiga ko'ra konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq birinchi yillik moliyaviy hisoboti Xalqaro audit standartlari (XAS) asosida auditi yakunlandi va auditorlik xulosasi olindi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 11 mart kuni D.I.Mendeleev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universiteti rektori A.Majuga boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuvi bo'lib o'tdi.