Navoiy shahri xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo'shma majlisida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Mavlonovich Sharipov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga munosib ko'rildi.
Bahodir Mavlonovich 1961yilda Navoiy viloyati Navoiy tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 1986 yilda Xalqlar Do'stligi ordenli Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutini muhandis-elektrik mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.
Faoliyatini 1979 yilda “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi sirka aldegidi va kislotasi sexida ta'mirlash bo'yicha chilangarlik vazifasidan boshlagan. So'ngra Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi elektr sexi elektrmontyori, ta'mirlash bo'yicha ustasi, qozon quvurlari sexi katta ustasi, elektr sexi boshlig'i o'rinbosari, Moskva «SAM» zavodi Toshkent filiali elektrmontyori, energetigi, “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi to'quv-yigiruv sexi boshlig'i o'rinbosari, 131-yigiruv sexi boshlig'i, Xalq ehtiyoji mollari ishlab chiqarishi boshlig'i, Kaustik soda ishlab chiqarishi boshlig'i, “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining tijorat masalalari bo'yicha o'rinbosari, Moddiy-texnika ta'minoti va sotish bo'yicha boshqarma boshlig'i, Boshqaruv raisining tijorat masalalari va transport bo'yicha o'rinbosari, Yangi ob'ektlarni texnik tayyorlash, sozlash va ishga tushirish bo'yicha boshqarma boshlig'i, Sotish va marketing bo'yicha boshqarma boshlig'i, Boshqaruv raisining tijorat masalalari bo'yicha o'rinbosari, «Uz Kor-Silikon» qo'shma korxonasi mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori o'rinbosari, Navoiy “Elektrkimyozavod” qo'shma korxonasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi kabi lavozimlarda faoliyatini davom ettirgan.
2016 yildan hozirgi kungacha esa “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelmoqda.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati