E'LON: KIMYO SOHASIDAGI ILMIY TADQIQOTCHILAR DIQQATIGA!

// 09.01.2026 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (894.9 KB)

“O‘zkimyosanoat” AJ va KOICA hamda yangi tashkil etilayotgan xalqaro markaz uchun ilmiy tadqiqotchilar tanlovini e’lon qiladi!

Sizda eng zamonaviy laboratoriyalarda, xalqaro mutaxassislar bilan yelkama-yelka turib, kimyo sanoatining kelajagini yaratish imkoniyati bor.

Nomzodlar uchun talablar:

  • Kimyo, kimyoviy texnologiya va unga turdosh  yo‘nalishlar bo‘yicha kamida bakalavr va magistr darajasi;
  • Ingliz tili bo‘yicha  B2 darajasidagi sertifikat yoki Ingliz tilida erkin suhbat qila olish va hujjatlarni yuritish ko‘nikmalari (ish faoliyati xalqaro hamkorlikda olib boriladi);
  • Ilimiy-tadqiqot loyihalarda ishtirok etish tajribasiga ega, shuningdek laboratoriya uskunalari va tahliliy asboblar bilan ishlash amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Saralangan mutaxassislar yangi tashkil etilayotgan Koreya–O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti — “Kimyo texnologiya innovatsiya markazi”ga ishga qabul qilinadi.

Loyiha va mehnat shartlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar suhbat (interview) davomida taqdim etiladi.

Hujjat qabulining oxirgi muddati: 
2026-yil 20-yanvar

Bog‘lanish va hujjat topshirish uchun:

Telefon: +998 77 497 11 20
E-mail: u.tillabaeva@uks.uz

Bu sizning muvaffaqiyatli karyerangiz uchun noyob imkoniyat.
 


So'nggi yangilash sanasi: 09.01.2026