Sanoat – kimyo korxonalari tomonidan 2024-yilda 17,7 trln soʻm (biznes rejaga – 110,5 foiz, oʻsish surʼati – 107,3 foiz) tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Jami sof holda 1 466,1 ming tonna mineral oʻgʻitlar, shundan, 1 136,1 ming tonna azotli, 110,8 ming tonna fosforli va 219,1 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
Hisobotda Jamiyatning atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruvga (ESG) bogʻliq yondashuvlari taqdim etilgan. Ushbu hisobot Global Reporting Initiative (GRI) xalqaro standartlari asosida tayyorlangan boʻlib, kompaniyaning barqaror rivojlanish, korporativ boshqaruv, atrof-muhit va ijtimoiy koʻrsatkichlari boʻyicha natijalarni oʻz ichiga oladi hamda kompaniyaning oshkoralik va javobgarlikka boʻlgan intilishini aks ettiradi.
“ACWA Power” xalqaro energetika kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi yashil vodorod ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.
Korxona mas’ullari, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasi mutaxassislari Vyetnamning Vungtau shahrida joylashgan “Phú Mỹ Fertilizer” kimyo korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Haldor Topsoe litsenziyasi asosida ammiak (NH₃) ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llaydigan majmua barqaror faoliyati bilan e’tirof etilgan.
“O‘zkimyosanoat” AJ va KOICA hamda yangi tashkil etilayotgan xalqaro markaz uchun ilmiy tadqiqotchilar tanlovini e’lon qiladi!
“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boʻlinmalari rahbar va xodimlari ishtirokida videokonferensiya aloqa shaklida davra suhbati tashkil etildi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: AQSHning Shimoli-gʻarbiy universiteti (NWU) kimyogarlari bardoshli, lekin yengil va egiluvchan, oʻzaro toʻqilgan polimer iplaridan nanomaterial yaratishdi. Tuzilmaviy xususiyatlari tufayli u zanjirli sovutga oʻxshaydi va undan tana zirhlari hamda ballistik matolarni yaratishda foydalanish mumkin.
Mamlakatimiz Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Karyera kuni” o‘tkazildi.
Tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish, kambagʻal oilalar bilan manzilli ishlash maqsadida oʻtkazilayotgan sayyor qabullarda aholi murojaatlari tinglanmoqda.