“ACWA Power” xalqaro energetika kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi yashil vodorod ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.
Mazkur loyiha “Oʻzkimyosanoat” AJ va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi “ACWA Power UKS Green H2” qoʻshma korxonasi negizida amalga oshirilmoqda. Loyiha boʻyicha yiliga 3 ming tonnadan ortiq yashil vodorod ishlab chiqariladi va mineral oʻgʻitlarga qayta ishlanadi.
Uning doirasida korxonani qayta tiklanuvchi energiya bilan taʻminlaydigan 52 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish ham koʻzda tutilgan.
Taʻkidlash joiz, mazkur loyiha mamlakatimizda “yashil energetika”ni rivojlantirish va iqtisodiyotga energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilishda muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Loyihadan maqsad:
Eʻtiborli jihati shundaki, yashil vodorod ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga zararli tashlanmalar chiqarilmaydi, neft yoki tabiiy gaz kabi qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanishni kamaytiradi va iqtisod qilish imkonini beradi. Bu esa “Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish yilida koʻzlangan maqsadlarga erishish imkonini beradi.
Shuni ham alohida taʻkidlash lozimki, ushbu loyiha ishga tushilishi bilan Oʻzbekiston dunyoda yashil vodorod ishlab chiqariladigan 7-mamlakat, MDH mamlakatlari orasida 1-davlat boʻldi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati