“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari Eshbekov Rustambek Ravshanjon o‘g‘li Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Facebook ijtimoiy tarmogʻida “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi yigʻilishning 17-son bayoni ijrosi “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan bajarilmayotganligi to‘g‘risida asoslanmagan postlar eʼlon qilindi. Holat yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi.
Imtihonlar sanitariya-gigiena qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda o'tkazilmoqdi. Imtihonga kirishdan oldin har bir abiturientning harorati tekshirildi. Ayrim sabablarga ko'ra kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abiturientlar tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda zaxira kuni o'tkazib yuborilgan imtihonni topshirishlari mumkin.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va jamiyat tizimidagi tarmoq korxonalrining 2019 yil 31 dekabr holatiga ko'ra konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq birinchi yillik moliyaviy hisoboti Xalqaro audit standartlari (XAS) asosida auditi yakunlandi va auditorlik xulosasi olindi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko'rinishga ega: tog'lar, daryolar va so'l tomoni bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g'o'za shoxlaridan iborat chambarga o'ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo'lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo'yilgan.
“O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Xalqaro audit va Xalqaro moliyaviy hisobotlar talablariga javob beradigan 2015 yil yakunilari bo'yicha tashqi audit o'tkazish uchun auditor tashkilotlarini tanlash maqsadida ochiq tanlov e'lon qiladi.
«O'zkimyosanoat» AJ O'zbekiston Respublikasining kimyo korxonalarning birlashtiridigan korporativ tuzilma hisoblanadi. Jamiyat kimyo korxonalarining rivojlantirish uchun sanoat, innovatsion, marketing dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shu bilan sanoatning barqaror rivojlanishini olib boradi.
Bugun, Dehqonobod tumanida “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan Tuman hokimligi, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tashabbusi bilan Dehqonobod tumani sektorlar tizimidagi mahallalar yoshlari hamda zavod xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
“O‘zkimyosanoat” AJda ijro apparatidagi quyidagi bo‘sh lavozimlarga tavsiya etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida: Kapital qurilish va loyihalashtirish guruhi bosh mutaxassisi; Kimyo texnoparki guruhi menejeri; Kimyo texnoparki guruhi bosh mutaxassisi.
“O'zkimyosanoat” AJ yagona aksiyadorining 30.06.2016 yildagi qarori bilan jamiyat 30.06.2016 yildan boshlab Aksiyadorlikdorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 11.02.2016 yildagi 02-02/1-187-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv Kodeksiga rioya qilishni o'z zimmasiga olganligini ma'lum qiladi.