Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

// 07.03.2023 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.48 KB)

Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom koʻrsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini oshirish yoʻlida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan opa-singillarimizni munosib taqdirlash maqsadida  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmoni bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining Polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.


So'nggi yangilash sanasi: 27.03.2023