“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA NAVROʻZ MUNOSABATI BILAN “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYINI OʻTKAZILDI

// 17.03.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (809.41 KB)

“Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navroʻz bayrami munosabati bilan xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Unda jamiyatdagi department va boshqarmalar vakillaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli kechgan bilimlar bellashuvida “Moliyachi-iqtisodchilar” jamoasi 1-oʻrinni egalladi. 2- oʻrinni esa “Nazoratchilar” va “Texnologlar” guruhlari qoʻlga kiritishdi. “Investitsiyachilar” jamoasi esa 3-oʻrin sohibi boʻlishdi.

Qiziqarli va koʻtarinki ruhda oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyinini muntazam ravishda tashkillashtirish maqsad qilindi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati