“Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” kimyo haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” ilmiy-intellektual xakatonida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyoti, ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlik va investorlarga yaratilayotgan keng iqtisodiy va huquqiy qulayliklar nafaqat iqtisodiyot va sanoat, balki ilim-fan va ta’lim sohalarida ham Xorijiy hamkorlarni o’ziga tobora e’tiborini tortmoqda.
Joriy yilning 31 avgust kuni O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi binosida O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi v.b. J.Mirzamahmudov ishtirokida videokonferentsaloqa orqali “Mitsubisi Korporeyshn” va “Mitsubisi Xevi Indastriz” kompaniyalari rahbariyatining vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi.
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida rus olimi D.I.Mendeleyev tavalludining 190 yilligiga bagʻishlangan “Rossiya ilm-fan kunlari” dasturi oʻz ishini boshladi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dr. Tilo Klinner hamda Germaniyaning “The Linde Group” kompaniyasi vitse-prezidenti Thomas Hilkerlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘z tashabbuslarini, fikr va mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ homiyligida Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan 19-maktabni toʻliq taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Respublikamizdagi barcha umumta’lim muassasalari kabi ushbu maktabda ham kuni kecha 2024-2025 oʻquv yili mashgʻulotlari boshlandi.
Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hujjat aylanishi (xat va yozma murojaatlarni qabul qilish)ni vaqtincha elektron shaklda amalga oshirishini ma'lum qiladi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b Timur Muxamedjanovning korrupsiyaga qarshi kurashish va bu illatning oldini olish yuzasidan markaziy apparat xodimlari hamda tizim korxonalari rahbar va ishchilariga murojaati yoʻllandi. Murojaat videokonferensaloqa tarzida translyatsiya qilindi va tizimda faoliyat yuritayotgan barcha rahbar va xodimlar onlayn ravishda kuzatib borishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b Timur Muxamedjanovning korrupsiyaga qarshi kurashish va bu illatning oldini olish yuzasidan markaziy apparat xodimlari hamda tizim korxonalari rahbar va ishchilariga murojaati yoʻllandi. Murojaat videokonferensaloqa tarzida translyatsiya qilindi va tizimda faoliyat yuritayotgan barcha rahbar va xodimlar onlayn ravishda kuzatib borishdi.