Rahbar va yoshlar uchrashuvi

// 28.06.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (771.79 KB)

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda boshqaruv raisi v.b To‘lqin Zaripov, boshqaruv raisining sohaviy o‘rinbosarlar hamda korxona yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlaridagi faolligini oshirish, IT, kitobxonlik, tabiatni asrash va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yo‘nalishlarda ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Undan tashqari Jamiyat yoshlarining vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida amaliy ko‘mak berish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘z tashabbuslarini, fikr va mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan uchrashuv yakunida Jamiyat boshqaruv raisi takliflar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bosqichma-bosqich ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Matbuot xizmati
 


So'nggi yangilash sanasi: 28.06.2024