“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida tashkilot tizimida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo'yicha 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Videokonferentsaloqa tarzida o'tgan tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ rahbar-xodimlari, tizimdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, Komplaens xizmati xodimlari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan 2016 yil sentabr oyida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida qurilishi boshlangan “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasida barcha ishlar yakunlanib, 2020 yil 23 dekabr kuni ilk karbamid mahsuloti olindi.
Bugun, 28 dekabr kuni “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” korxonasida superfosfat mineral o'g'itini ishlab chiqarishning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Loyiha doirasida yiliga 350 ming tonna fosforli o'g'itlar ishlab chiqariladi va mahsulotning asosiy qismi respublikamiz qishloq xo'jaligi ehtiyoji uchun yo'naltiriladi. Loyiha “Indorama Holdings BV” kompaniyasining 30,0 mln. dollar miqdordagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalari hisobiga amalga oshirildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Germaniyaning “Siemens Energy AG” kompaniyasi Ijrochi direktori (CEO) Kristian Brux bilan ushrashuv o'tkazdi.
“O'zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” deb nomlangan mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlari ko'rgazma-yarmarkasi ish boshladi. Ko'rgazma ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, mahalliy va chet ellik ishbilarmonlar qatnashdi.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati strategik chet el investorlariga sotish maqsadida jamiyat ustav fondidagi davlat ulushi qiymatini baholash uchun tanlovda ishtirok etishga xalqaro baholovchi tashkilotlarini taklif etadi. Baholash O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 aprelidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2340-sonli qarorini ijrosini ta'minlash doirasida amalga oshirilmoqda.
2015 yil 7-may kuni “O'zkimyosanoat” DAK O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda «Mineral o'g'itlarni kimyo korxonalarida ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, «Qishloqxo'jalikkimyo» HAJlari omborxonalarida saqlash tartib-qoidalari hamda ularni qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xo'jaliklar dalalariga yetkazib berishda o'g'irlanishi, talon-taroj qilinishi, xonadonlarda noqonuniy saqlanishi hamda chetga olib chiqib ketilishiga qarshi kurash borasidagi profilaktik tadbirlarni to'g'ri tashkil etish chora-tadbirlari » mavzuida seminar-kengash o'tkazishdi.
№ Jismoniy shaxsning F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi Joylashgan yeri (yashash joyi) (davlat, viloyat, shahar, tuman) Ular affillangan shaxs deb e’tirof etilish asosi Asos(lar) sodir etilgan sana 1.
№ Ф.И.О. физического лица или полное наименование юридического лица Местонахождение (место жительство) (почтовый адрес) аффилированного лица (государство, область, город, район) Основание, по которому они признаются аффилированными лицами Дата наступления оснований 1.
№ Jismoniy shaxsning F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi Joylashgan yeri (yashash joyi) (davlat, viloyat, shahar, tuman) Ular affillangan shaxs deb e’tirof etilish asosi Asos(lar) sodir etilgan sana 1 Mirzamahmudov Jo‘rabek Tursunpulatovich Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Salar bo‘yi ko‘chasi, 44-uy, 10-xonadon Кuzatuv kengashi a’zosi 12.