Farg'ona va Andijon viloyatlarida seminar-kengash o'tkazildi

// 08.05.2015 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (32.1 KB)

2015 yil 7-may kuni “O'zkimyosanoat” DAK O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda «Mineral o'g'itlarni kimyo korxonalarida ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, «Qishloqxo'jalikkimyo» HAJlari omborxonalarida saqlash tartib-qoidalari hamda ularni qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xo'jaliklar dalalariga yetkazib berishda o'g'irlanishi, talon-taroj qilinishi, xonadonlarda noqonuniy saqlanishi hamda chetga olib chiqib ketilishiga qarshi kurash borasidagi profilaktik tadbirlarni to'g'ri tashkil etish chora-tadbirlari » mavzuida  seminar-kengash o'tkazishdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining mutasaddi tuzilmalar boshliqlari, shuningdek “O'zkimyosanoat” kompaniyasi rahbariyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar «Qishloqxo'jalikkimyo» HAJlar rahbarlari qatnashdilar.

“Farg'onaazot” korxonasida boshlangan tadbir ishtirokchilari  mineral o'g'itlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, vagonlarga ortish hamda hujjatlar rasmiylashtirish jarayonlari bilan tanishtirildi. So'ng Andijon viloyati “Qishloqxo'jalikkimyo” XAJ Axtachi “Agrokimyokompleks” tumanlararo bazasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirilib, ammiakli selitra mineral o'g'itlarini qabul qilish, joylashtirish, saqlash hamda tashkil etilgan infratuzilmalar (mineral o'g'itlar sotish, oziq-ovqat do'konlari, ovqatlanish va maishiy xizmat ko'rsatish muassasalari, paynet va hokazolar) faoliyati o'rganildi.

Axtachi “Agrokimyokompleks” tumanlararo bazasi o'quv zalida seminar-kengashni  Andijon viloyati xokimi Sh.Abdurahmonov,  viloyat IIB boshlig'i polkovnik D.Babajanov va “O'zkimyosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi o'rinbosari X.Bekbergenovlar kirish so'zlari bilan ochib, bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi hamda “O'zkimyosanoat” DAK tashabbusi bilan o'zaro hamkorlikda o'tkazilayotgan seminar-kengashning naqadar dolzarbligi, mamlakatimizda ammiakli selitra mineral o'g'itining tashilishi, qo'riqlanishi va ishlatilishini nazorat etish bo'yicha respublika ichki ishlar idoralari va kompaniya tomonidan ilg'or ish tajribalarini hayotga tadbiq etish lozimligini ta'kidladilar.


So'nggi yangilash sanasi: 13.10.2024