Bugun 24 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialining metematika fani bo'yicha birinchi kirish imtihoni O'zbekiston Milliy universiteti hududida bo'lib o'tdi. Imtihonlar 24-26-28 avgust kunlari uchta fan: matematika, kimyo va rus tili fanlari bo'yicha o'tkaziladi.
Joriy yilning 10 iyun kuni soat 23:25da “Ximiya” podstantsiyasida qisqa tutashuv sabab 110kVli “L-Zarafshon” havo liniyasida elektr energiyasi o'chganligi natijasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Avtomatik tizim ishlashi natijasida korxonani ta'minlovchi LX-10, LX-4, LX-15 liniyalari Issiqlik energiya stantsiyasi liniyasi manbaiga o'tib, joriy yil 11 iyun kuni soat 03:42da “Ximiya” podstantsiyasi manbaiga qayta o'tildi.
Tashrif avvalida Bosh pudratchi vakillari bilan kaustik soda, atsetilen, VXM va PVX ishlab chiqarishlarining ishga tushirish-sozlash hamda foydalanishga toshirish ishlariga tayyorlik holatlari masalalari bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bugungi kunda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qoraqolpog'iston Respublikasida kimyosanoat tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha umumiy qiymati 1,66 trln. so'mlik jami 17 ta investitsiya loyihasi bo'yicha ish olib borilmoqda.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati strategik chet el investorlariga sotish maqsadida jamiyat ustav fondidagi davlat ulushi qiymatini baholash uchun tanlovda ishtirok etishga xalqaro baholovchi tashkilotlarini taklif etadi. Baholash O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 aprelidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2340-sonli qarorini ijrosini ta'minlash doirasida amalga oshirilmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens boshqarmasi va tarmoq korxonalari Komplayens xizmatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2025-yilning oʻtgan 3 oyi davomida belgilangan vazifalar doirasida tegishli tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi.
Hurmatli hamkasblar va hamkorlar! Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens boshqarmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2025-yilning oʻtgan 2-choragida oʻtkazilgan chora-tadbirlar Qonunchilik va ichki-meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida 2025-yil 9 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot 2025-yilning 9 oyi davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar amaldagi qonunchilik va ichki normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etildi.