«Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining intensiv bog'ini obodonlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz suv bilan ta'minlash uchun ikki dona artizan quduqlari burg‘ilatish. Xizmatni ko'rsatuvchi tomonidan texnik topshiriqda ko'rsatilgan xizmatlarni bajarishga buyurtmachi tomonidan berilgan texnik shartda ko‘rsatilgan Ø159 mm metall trubalarni talablar asosida sifatli va kafolatlangan holda burg‘ilab o‘rnatish talab qilinadi.
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi ofisi (KOICA) davlat xizmatchilari bo‘lgan malakali mutaxassislar uchun Koreyaning nufuzli universitetlariga uzoq muddatli magistrlik grant dasturiga qabul boshlanganini e’lon qildi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli oliygohida kimyo sohasida magistratura (2 ta oʻrin) va doktorlik (PhD, 6 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida barcha harajatlar qoplangan holda taʼlim olish uchun tanlovlar eʼlon qiladi!
"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ ning 2023 yil ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun siqilgan gazda harakatlanuvchi avtotransport vositalarida yuk tashish xizmati bo'yicha tender savdolari 22121006219360-son bilan UzEx Tender platformasiga joylashtirilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyat Nizomida belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishda, targ'ibot va axborot materiallarida asosiy indentifikator sifatida foydalaniladigan zamonaviy, original va oson taniladigan logotipni yaratish uchun tashkilotning eng yaxshi logotipi va shiori uchun tanlov e'lon qilindi.
2014 yilning yanvar-dekabr oylarida "O'zkimyosanoat” korxonalarida 2011.5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,8%) hamda 171,9 mlrd so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 109,7%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1212,1 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 979,24 ming tonna azotli o'g'itlar, 136,51 ming tonna fosforli o'g'itlar va 96,36 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2015 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 518.9 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 107,8%) hamda 42,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 108,4%) ishlab chiqarildi.
Abiturientlar uchun eslatma Filialga hujjatlarni topshirish 15 iyulgacha uzaytirildi. 14 va 15 iyul kunlari hujjatlarni topshirgan abiturientlar uchun imtihon sinovlari 15 iyuldan boshlanadi hamda 17 iyul kuni qo'shimcha rezerv kuni bo'lib o'tadi.
Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi Ekoanalitik laboratoriyasida “tabiiy va oqova suvlarning iflosligini aniq analitik nazorat qilish” O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standartlarini joriy qilishda konsalting va o‘qilish xizmati.