“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyat Nizomida belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishda, targ'ibot va axborot materiallarida asosiy indentifikator sifatida foydalaniladigan zamonaviy, original va oson taniladigan logotipni yaratish uchun tashkilotning eng yaxshi logotipi va shiori uchun tanlov e'lon qilindi.
Tanlov haqidagi barcha ma'lumotlar www.uzkimyosanoat.uz saytining “Tender va konkurslar” bo'limida mavjud.
Ma'lumot uchun telefon raqami: (+99878) 140-74-77, elektron pochta manzili: logo@uks.uz
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim:
Barcha ishlar “O'zkimyosanoat” AJ mas'ul xodimlaridan iborat bo'lgan komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi.
Logotip va shior quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Komissiya ma'lum miqdordagi eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va finalga yo'llanma olgan ishtirokchilar o'rtasida tanlov o'tkazadi. Finalga chiqgan ishtirokchilarning ishlari, tanlov natijalari va tanlov yakuni bo'yicha g'oliblar tashkilotning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Tanlovga takliflar 2019 yil 10 dekabrga qadar qabul qilinadi. 2019 yil 10 dekabrdan kech topshirilgan arizalar tanlovda ishtirok etmaydi.