“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashining yig'ilish bayonnomasiga asosan “O'zkimyosanoatloyiha” AJ Bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib Qosimov Zafarbek Ilzatovich tayinlandi.
“O'zkimyosanoat” atsiyadorlik jamiyati yagona aksiyadorining qaroriga muvofiq, Mirzamaxmudov Jo'rabek Tursunpo'latovich Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida tashkilot tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini investitsiya kiritish sharti bilan sotish muddati 2021 yil 1 aprelgacha uzaytirilganligini ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida tashkilot tizimidagi “Farg'onaazot” AJ ustav kapitalining 51 foiz aksiya paketini investitsiya kiritish sharti bilan sotish muddati 2021 yil 1 aprelgacha uzaytirilganligini ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati “Navoiyazot” AJdagi investitsion loyihalar ijrosi jumladan, korxonadagi ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksida olib borilayotgan so'nggi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Shu yerning o'zida Yaponiyaning “Mitsubisi Heavy Industries” hamda “Mitsubisi Corporation” kompaniyalarining ishlab chiqarishdagi mas'ullari bilan loyihani ishga tushirish-sozlash ishlarini yanada jadallashtirish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Shundan so'ng ammiak va karbamid ishlab chiqarish rahbar-xodimlari bilan kompleks ko'zdan kechirildi hamda ilk mahsulot olish ishlarini tezlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Hozirgi kunda kelishilgan grafikka asosan ammiak ishlab chiqarish qismida tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi va tegishli texnologik qurilmalarda sozlash ishlari olib borilmoqda.