O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi eng asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu tarixiy kunda barchangizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik va hotirjamlik barqaror bo'lsin!
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkilotning markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari ishtirokida videokonferentsaloqa orqali O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida tadbir o'tkazildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filiali Vasiylik Kengashining yig'ilishi o'tkazildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan yig'ilishda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, Filial direktori S.N.Filatov, universitet va filial mas'ul xodimlari, Vasiylik kengashi a'zolari, “Indorama”, “Lukoyl O'zbekiston opereyting kompani”, “Sibur xolding” kabi xorij kompaniyalarning vakillari hamda kimyo va neft-gaz korxonalari ishtirok etdi.