Bugun, 28 dekabr kuni “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” korxonasida superfosfat mineral o'g'itini ishlab chiqarishning birinchi bosqichi ishga tushirildi. Loyiha doirasida yiliga 350 ming tonna fosforli o'g'itlar ishlab chiqariladi va mahsulotning asosiy qismi respublikamiz qishloq xo'jaligi ehtiyoji uchun yo'naltiriladi. Loyiha “Indorama Holdings BV” kompaniyasining 30,0 mln. dollar miqdordagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalari hisobiga amalga oshirildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Qirg'iziston o'g'it yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi” yuridik shaxslar uyushmasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan 2016 yil sentabr oyida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida qurilishi boshlangan “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasida barcha ishlar yakunlanib, 2020 yil 23 dekabr kuni ilk karbamid mahsuloti olindi.
Gulyamov Sardor Alisherovich “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Yig'ma axborot-tahlil departamentining Hujjatlarni ro'yxatga olish va nazorat qilish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Mamlakatimiz kimyo sanoatida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan “Qo'ng'irot soda zavodi” O'rta Osiyoda kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir. Mazkur zavodda mahalliy xom-ashyolardan ishlab chiqariladigan mahsulot nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydi, balki tashqi bozorga ham eksport qilinadi.