Joriy yilning 10 iyun kuni soat 23:25da “Ximiya” podstantsiyasida qisqa tutashuv sabab 110kVli “L-Zarafshon” havo liniyasida elektr energiyasi o'chganligi natijasida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Avtomatik tizim ishlashi natijasida korxonani ta'minlovchi LX-10, LX-4, LX-15 liniyalari Issiqlik energiya stantsiyasi liniyasi manbaiga o'tib, joriy yil 11 iyun kuni soat 03:42da “Ximiya” podstantsiyasi manbaiga qayta o'tildi.
Joriy yilning 10 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 9977 tonna 25652,0 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 9 iyun kuni 32056,1 mln. so'mlik 12354 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Xitoyning China National Chemical Engineering & Construction Corporation Seven, LTD (SS7) kompaniyasi bilan O'zbekiston kimyo sanoatida xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qilish bo'yicha ikki tomonlama muzokaralar o'tkazildi.
Joriy yilning 9 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 12354 tonna 32056,1 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 8 iyun kuni 28614,3 mln. so'mlik 10833 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.