KOICA va “O‘zkimyosanoat” AJ stipendiantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

// 12.03.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (410.87 KB)

Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “O‘zkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikda KOICA stipendiya dasturi yangi guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Mutaxassislar Koreyaning Daejon shahridagi Fan va texnologiya universiteti (UST) magistratura bosqichida o‘qishni boshlaydi.

Bugungi kungacha dastur uchun magistraturaga 9, doktoranturaga 3 nafar nomzod tanlab olindi. Ulardan 6 magistrant va 3 nafar doktorant allaqachon  stipendiya dasturlarida Koreyada o'qishni boshlashgan. Mart oyida ular safiga yana 3 nafar magistrant qo‘shiladi. Bu talabalar tanlov asosida saralanadi. Tanlov esa O’zbekiston bo’ylab kimyo muhandisligi mutaxassisligida tahsil olayotgan barcha uchun ochiq. 

Mazkur stipendiya dasturi KOICA, “O‘zkimyosanoat” AJ va Koreya ilmiy-tadqiqot tashkiloti (KRICT) bilan hamkorlikdagi “Kimyoviy texnologiyalar markazi (UzccT) salohiyatini oshirish” (7,0 million AQSh dollari/2021-2027 yillar), yirik tashabbusning bir qismi hisoblanadi. KOICA talabalarning oʻz ilmiy ishlariga bor eʼtiborlarini qaratishi va sifatli ta’lim olishlari uchun oʻquv xarajatlarini toʻliq moliyalashtiradi.Loyiha O‘zbekiston kimyo sanoatining raqobatbardoshligini oshirish, 2025-yilgacha O‘zbekiston kimyo texnologiyalari markazi (O‘zKMT) uchun operatsion infratuzilmani yaratish va sohada yuqori darajali kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Tadbirda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Kim Tae Xun Buyuk Britaniyada tahsil olgan mutaxassis sifatida shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. U yangi madaniyat va muhitga moslashishning ahamiyati,  talabalarni chet elda vaqtlarini unumli o‘tkazish imkoniyatidan foydalanishga undadi.

“O‘zkimyosanoat” AJ loyiha ofisi direktori Akmal Mahmudov nufuzli stipendiya dasturining ahamiyatini  ta’kidlab, talabalarni Koreyada ta’lim olishda aniq maqsadlar qo‘yish, tajribalarini maksimal darajada oshirishga undadi (https://t.me/koica_info/468). 


So'nggi yangilash sanasi: 12.03.2024