Yoshlar maslahatchilari va ularning koordinatorlari uchun oʻquv seminarining 2-kun mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.
Bugungi mashgʻulotlar asosan shaxsiy rivojlanish mavzusiga qaratildi. Yoshlarga vaqtdan samarali foydalanish, ishni toʻgʻri tashkil etish, liderlik xislatlari, inson psixologiyasi kabi mavzularda muhim ma’lumotlar berildi.
Xususan:
Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti professori Tohir Shodiyev yoshlarga “Vaqtdan samarali foydalanishni shakllantirish texnologiyalari – taym menejment” mavzusida maʼruza qildi.
Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti professor-o‘qituvchisi Raʼno Axmedova “Liderlik xislatlarini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusida bilimlar berishdi.
Ushbu institutning yana bir professor-o‘qituvchisi Nozima Minbayeva "Inson psixologiyasi, nizoli vaziyatlarni va xodimlararo munosabatlarni boshqarish kabi zarur zamonaviy bilim va koʻnikmalari" mavzusi bilan oʻrtoqlashdi.
Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi Sherzod Olimov "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va bu tadbirlarda yoshlar faolligini oshirishning ahamiyati haqida soʻzladi.
Seminarning ikkinchi kuni interaktiv oʻyinlar, psixologik testlar, qiziqarli savol-javob hamda bahs-munozaralarga boy boʻldi. Ahamiyatlisi, mazkur o‘quv seminari mamlakatimiz kimyo sanoatida faoliyat yuritayotgan yoshlarning shaxsiy rivojlanishi va mehnat unumdorligiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Mashgʻulotdan soʻng ishtirokchilar Oʻzbek milliy akademik drama teatrining “Usmon Nosir” dramasiga madaniy hordiqqa taklif etildi.