Joriy yilning 8 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10833 tonna 28614,3 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 7 iyun kuni 26905,7 mln. so'mlik 10666 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida tashkilot tizimida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo'yicha 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Videokonferentsaloqa tarzida o'tgan tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ rahbar-xodimlari, tizimdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, Komplaens xizmati xodimlari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilot tizimidagi “Ammofos-Maksam” AJ faoliyati haqida ijtimoiy tarmoqdagi kanallardan birida korxonada uzoq yillar ishlagan ayollarni hech qanday to'lovlarsiz noqonuniy ravishda ishdan bo'shatilganligi to'g'risidagi xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qiladi. Shuningdek, videoda aks etgan hech bir ishchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan.