“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati “Navoiyazot” AJdagi investitsion loyihalar ijrosi jumladan, korxonadagi ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksida olib borilayotgan so'nggi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Shu yerning o'zida Yaponiyaning “Mitsubisi Heavy Industries” hamda “Mitsubisi Corporation” kompaniyalarining ishlab chiqarishdagi mas'ullari bilan loyihani ishga tushirish-sozlash ishlarini yanada jadallashtirish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Shundan so'ng ammiak va karbamid ishlab chiqarish rahbar-xodimlari bilan kompleks ko'zdan kechirildi hamda ilk mahsulot olish ishlarini tezlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Hozirgi kunda kelishilgan grafikka asosan ammiak ishlab chiqarish qismida tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi va tegishli texnologik qurilmalarda sozlash ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan qator tartib va cheklovlar joriy etilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlarni kimyo va biologiya fanlari bo'yicha chuqur o'qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo'shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog'-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlari uzviy davomi sifatida “O'zkimyosanoat” AJ tomonidan chekka hududlardagi umumta'lim maktablarida zamonaviy kimyo sinf xonalari qaytadan to'liq ta'mirlanib, laboratoriya xonalari jihozlanmoqda.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o'tkazilayotgan “Mustaqillik – bebaho ne'mat” mavzusidagi esselar tanlovi kimyo sanoati tizimida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash, mustaqillikni bebaho qadriyat sifatida keng targ'ib etish va u bergan imkoniyatlardan unumli foydalanish, o'zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqe va nufuzini mustahkamlash, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to'liq o'tilishini ta'minlash va ishchi-xodimlarning savodxonligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratilgan.
Talabgor sifatida qatnashuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori riskli va potentsial xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish uchun litsenziyaga ega bo'lishi, tender savdolari qiymatining kamida 20% miqdorida aylanma mablag' yoki bu mablag'larni ta'minlash uchun bank kafolati, ish (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish bazasi, mehnat resurslari va mutaxassislari, tanlovdagiga o'xshash ob'ektlardagi ish tajribasiga ega bo'lishi, shartnoma imzolash uchun fuqarolik huquqiy imkoniyatlar va vakolatlarga ega bo'lishi shart.
2018 yil 15 fevralda “Maksam-Chirchik” aksiyadorlik jamiyatida kimyo sanoatining innovatsion rivojlanishining dolzarb masalalari bo'yicha tarmoq seminar o'tkazildi. Ushbu tadbir kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kontseptsiyasini tayyorlash doirasida “O'zkimyosanoat” AJ texnik siyosati Bosh boshqarmasining innovatsiya texnologiyalarni joriy etish bo'limi tomonidan tashkil qilindi hamda seminar ishtirokchilari kimyo sanoatining istiqboli bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlarning huquqiy bilimini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazildi. Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, xalqimiz farovonligi tobora yuksalib borayotgani alohida ta'kidlandi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida 14 mart kuni Kanadaning Rossiya va Yevroosiyodagi Ishbilarmonlik assotsiatsiyasi (CERBA) boshqaruvi raisi Neytan Xant bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov bilan muloqot chog'ida O'zbekiston bilan Kanada o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanayotgani ta'kidlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda Kanada kapitali ishtirokidagi qariyb qirq korxona faoliyat yuritmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 23.01.2004y. №33
O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 26.04.1996 y. №223-I