Toshkent shahrida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda kimyoviy texnologiyalar markazi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida master-planning jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash — bu shunchaki dastur yoki shior emas, balki kelajakka qilingan aniq sarmoyadir. Yosh insonga ishonch bildirish, uning tashabbusini qoʻllab-quvvatlash va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun sharoit yaratish orqali jamiyat barqaror va sogʻlom rivojlanadi. Har bir yoshning bilimi, mehnati va masʼuliyati qadrlangan muhitda ular oʻz oʻrnini topadi, yurti taqdiriga daxldor ekanini his qiladi va shu his-tuygʻu bilan halol, fidokor va tashabbuskor boʻlib kamol topadi.
“Maxam-Chirchiq” Aksiyadorlik Jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda tadbirkorlik subyektlari va boshqa talabgor korxonalar o‘rtasida teng raqobatbardoshlik jarayonini xolis va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyati hududida jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlarni saqlashga mo‘ljallangan vakolatli omborlarni tashkil etish tanlov asosida o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portali orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibi to'g'risida Nizom "O'zkimyosanoat" DAK boshqaruvi raisining 2014 yil 13 iyundagi "Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali sifatli va o'z vaqtida interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishni ta'minlash to'g'risida"i 71-sonli buyruq bilan tasdiqlangan.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov va “Sinoma Energy Conservation” – Xitoy Xalq Respublikasining yirik sanoat-injiniring kompaniyasi boshqaruvi raisi Men Sinlin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni kimyo sanoatida ishlab chiqarish va eksportni oshirish hamda tannarxni pasaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Bugun mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik quvvatlaridan biri boʻlgan “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 60 yilligi keng nishonlanmoqda.
200 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashayotgan va 10 dan ortiq investitsiya loyihalari taqdim etilayotgan mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston va MDH mamlakatlaridagi yirik sintez-gazini qayta ishlash korxonalari, hokimiyat organlari, ishlab chiqarish texnologiyalari litsenziarlari, uskuna ishlab chiqaruvi va yetkazib beruvchilar, injiniring va loyiha-qurilish kompaniyalarini bir maydonda jamladi.
“ACWA Power” xalqaro energetika kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi yashil vodorod ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yangi bosqichga kirdi. Davlat siyosatida shaffoflik, xolislik va masʼuliyatli boshqaruvni taʼminlash maqsadida iqtisodiyotning barcha sohalarida xalqaro standartlarga muvofiq tizimlar joriy etilmoqda.