«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida 28 dekabr kuni Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Shu munosabat bilan o'tkazilgan marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ekologik barqarorlikni oshirish hamda muammolarni hal etish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi oʻrganilmoqda.
Chinakam xalq harakatiga aylangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonlarida ham kuzgi koʻchat ekish tadbirlari faol olib borilmoqda. Xususan, “Qoʻngʻirot soda zavodi» MCHJ QKga qarashli hududlarda, “Elobod shaharchasi”, Yangi Oʻzbekiston mavzesida daraxtlar, koʻchatlar, butalar va gullar ekish, parvarishlash, ularni sugʻorish ishlari amalga oshirilyapti.
“Qo‘ng‘irot soda zavodi ” MCHJ QKda faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish, kimyo sanoati rivojiga xizmat qiladigan innovatsion taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadidа “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
O‘tkazilgan audit muvaffaqiyatli yakunlanib korxonamiz 5 ta xalqaro yo‘nalishdagi ISO sertifikatiga ega bo‘ldi.
Barsakelmas tuz konidan mart-dekabr oylarida xar oyda 32000 tonnadan jami yil davomida 320000 tonna texnik tuz mahsulotini Qo‘ng‘irot soda zavodi MCHJ QK siga avtomashinada yetkazib berish xizmati bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan taqdirlash haqidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumi Qarori bilan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK direktori Mustafayev Jahongir Ibodullayevich “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Ta’kidlash joiz, qutlugʻ bayram arafasida e’tirof etilgan yurtdoshlarimiz orasida kimyo sanoati xodimlari ham borligi quvonarli holat.