Bosh vazir oʻrinbosari – energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh aʻzolari “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKga tashrif buyurdi

// 17.10.2022 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (800.64 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishchi guruh aʻzolari  “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda ham boʻlishdi. Korxona faoliyati hamda koʻrsatkichlari Joʻrabek Mirzamahmudov tomonidan tanqidiy va tahliliy muhokama qilindi hamda “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKning ishlab chiqarish boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari – bosh muhandisi ishdan olinib, korxonaning Ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi Shuhrat Shamuratov, ishlab chiqarish boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari – bosh muhandis lavozimiga tayinlandi.

Shu bilan birga, ishchi guruh aʻzolari “Elabad” SHFY hududida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi hamda Xalqaro logistika markazi qurilish maydonlarida boʻlib, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Loyihalarni yuqori sifat va xalqaro standartlar asosida qurish, ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

 

OʻzkimyosanoatAJ Matbuot xizmati