“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK direktori Mustafayev Jahongir “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi

// 09.09.2024 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (138.11 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan taqdirlash haqidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumi Qarori bilan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK direktori Mustafayev Jahongir Ibodullayevich “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Ta’kidlash joiz, qutlugʻ bayram arafasida e’tirof etilgan yurtdoshlarimiz orasida kimyo sanoati xodimlari ham borligi quvonarli holat. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Jahongir Ibodullayevichni faxriy unvon bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilaydi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 09.09.2024