BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr –Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan “Oʻzkimyosanoat “ AJda ijroiya boshqaruv apparati xodimlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul vakili ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 8-Qurultoyi ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida mustaqil davlatimiz tarixida ilk bora 11-noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklifi bildirilgach, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan edi. Bu esa besh yarim milliondan ortiq aʼzoga ega boʻlgan kasaba uyushmalari hayotida unutilmas voqea sifatida tarixga muhrlanib qoldi.
Joriy yilning 31-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 595-son qarori ijrosini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga asosan Oliy Majlis Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan "Gender tenglik faoli-2022" milliy tanlovining "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman davlat organi(tashkiloti)" nominatsiyasi bo‘yicha "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ g‘olib bo‘ldi.
Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda. Korxonalarga ishga kirayotgan yosh xodimlarni bu borada huquqiy madaniyatini oshirish dolzarb vazifalardan biridir.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlar talablari asosida tashkil etilgan ishlar va axborot kanallari orqali kelgan maʼlumotlar tahlili natijasida tashkilot tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar quyidagi 4 ta yo‘nalishda qayd etilayotganligini kuzatish mumkin.
30-may kuni Nuz.uz va Upl.uz veb-saytlarida “Qizilqum fosforit kompleksi” kimga tegishli? sarlavhasi ostidagi maqolalar eʼlon qilindi. Mavzu yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida “Yangi O'zbekiston taraqqiyotida kimyo sanoatining o'rni” mavzusida esselar tanlovining Respublika bosqichi o'tkazildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining markaziy ijro apparati va uning tarkibidagi tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishning ustuvor vazifalari” mavzusida maxsus o'quv-seminar tashkil etildi.