“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining markaziy ijro apparati va uning tarkibidagi tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishning ustuvor vazifalari” mavzusida maxsus o'quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida “Yangi O'zbekiston” gazetasida chop etilgan “Ishni jamoa bajaradi, mas'uliyat esa shaxsiy” hamda “Pravda vostoka” gazetasida “Rabota kollektivnaya, a otvetstvennost personalnaya” mavzusida chop etilgan maqolalar mazmun-mohiyati muhokama etildi.
Maxsus o'quv-seminar davomida ushbu maqolalarda ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilingan holda tarmoq tizimida ularni kelgusida takrorlamaslik va ijro intizomini mustahkamlash masalalari hamda korxona rahbarlarining o'rinbosarlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etishdagi asosiy vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, joriy yil 10 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6166-son Farmonni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati