“O'zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” deb nomlangan mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlari ko'rgazma-yarmarkasi ish boshladi. Ko'rgazma ochilish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, mahalliy va chet ellik ishbilarmonlar qatnashdi.
Yangi qonun bilan gender tenglikni ta’minlash kafolatlari yaratilgani O‘zbekistonda bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ko‘rsatdi va bu mamlakatimizning inson huquqlari sohasidagi ilg‘or qadamidan nishonadir.

Tug'ilgan yili va joyi: 1968 y., Rossiya, Krasnoyarsk shahri.
Ma'lumoti: oliy, Tomsk politexnika instituti (1994 y.).
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari
Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.
Ma’lumki, yoshlar mamlakat taraqqiyotining asosiy kuchi hisoblanadi. Ayniqsa, tarmoq va korxonalardagi yangilanishlar ham ularning faol ishtiroki bilan bog‘liq. Shu boisdan ham yurtimizda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida an’anaviy tarzda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazilib kelinayotgani ham shunday tadbirlar bilan mushtarakdir.
Majburiyatlar: Algoritmlar va statistik modellarni ishlab chiqish; Ma'lumotlarda anomaliyalarni topish; Biznes natijalarini mijozga talqin qilish va taqdim etish.
Nomzodga qoʻyiladigan talablar: 30 yoshdan 35 yoshgacha; Iqtisod, moliya, moliyaviy kredit, yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumot; Moliya, iqtisod, audit, nazorat taftish, gʻaznachilik, davlat xaridlarini boshqarish va yurisprudensiya sohalari boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasi (moliyaviy nazorat, gʻaznachilik va davlat xaridlari sohalarida ishlagan boʻlsa ustunlik beriladi); Moliyaviy nazorat, davlat xaridlari, komplayens nazorat, ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalarda kamchiliklarni tekshirish, aniqlash hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish, zamonaviy fikrlash, soha boʻyicha takliflar berish hamda ularni joriy etish; Oʻzbek tilini yozma va ogʻzaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi maʼqullanadi; Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020-yildagi PQ-4805-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Kimyo faniga ixtisoslashgan va umumta’lim maktablarining o`qituvchilari uchun dasturiy va ilmiy faoliyatni tashkil etishning innovatsion ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi o`quv seminar-treningi boshlandi.
ERP tizimini joriy etish loyihasi menejeri lavozimi nomzodiga qo‘yiladigan talablar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 fevral kuni kimyo sanoatini isloh qilish bo'yicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.