Joriy yilning 18 oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashi rahbariyati hamda kimyo tarmogʻi korxonalarining masʼul xodimlari ishtirokida Kimyo sanoatida texnik reglamentlar va standartlarni ishlab chiqish mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Jahon banki guruhining a'zosi bo'lgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va O'zbekiston hukumati o'rtasida kimyo sanoatini modernizatsiya qilish va o'g'itlar ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha imzolangan yangi hamkorlik bitimi ushbu sohaga sarmoyalarni jalb qilish va barqaror amaliyotni qabul qilishni rag'batlantirishga qaratilgan.
Sanoatni rivojlantirish, mahsulotlar sifatini oshirish, jahon bozorlariga chiqish — koʻp jihatdan xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etishga bogʻliq. “Oʻzkimyosanoat” AJda ham bu jarayon kun tartibidagi muhim yoʻnalishlardan biri hisobalanadi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: Yangi raqamli mahsulotni Xitoy fan va texnologiya universiteti professori Syun Yuysze boshchiligidagi amerikalik, yevropalik va xitoylik kimyogarlar guruhi yaratishdi. Sunʼiy intellekt asosidagi tizim kerakli katalizatorlarni tezda ishlab chiqish va samaraliroq ishlash uchun ularning tuzilmasini optimallashtirish imkonini beradi.
Jahon kimyo sanoati loyihalari: Loyiha RIKEN ilmiy-tadqiqot markazi va Tokio universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqildi. Ularning taʼkidlashicha, ishlanma okeanlarning ifloslanishiga qarshi haqiqiy yutuq.
“Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha “foydalanishga to'liq topshirish” sharti bilan kontrakt imzolandi. Joriy yilning iyun oyida “Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha EPCC (loyihalashtirish, uskuna sotib olish, qurish va foydalanishga topshirish) sharti bilan kontrakt imzolandi.
Joriy yilning 6-iyul kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ va Germaniyaning “Linde group” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari, “Linde group” kompaniyasining Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropa boʻyicha prezidenti Oliver Pfann hamda Rossiya va MDH mamlakatlarida investitsiyalar boʻyicha vitse-prezidenti Tomas Hilkerlar ishtirok etishdi.
#OAV biz haqimizda: “Chirchiq” kimyo-industrial texnopark – yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqariladigan oʻziga xos loyiha "Oʻzbekiston 24" - Tahlilnoma koʻrsatuvi
“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda MDH mamlakatlari, shuningdek, boshqa qator davlatlarning kimyo sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari vakillari ishtirok etgan tadbirning ikkinchi kunida qator mavzularda muhokamalar tashkil etildi.
2019 yil 14 mart kuni “O'zkimyosanoat” AJda jamiyat boshqaruvi raisi O.Temirov “Air prodacts and chemicals” (AQSh) korporatsiyasi prezidenti janob Seyfi Gasemi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.