“Markaziy Qizilqum fosforitlaridan fosforli o'g'itlar va fosfat tuzlari ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyalari” birinchi Xalqaro konferentsiyasi

// 03.09.2016 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (50.77 KB)

“O'zkimyosanoat” AJ xamda “Ammofos-Maksam” AJ Sizlarni 2016 yil 10 oktyabrda bo'lib o'tadigan “Markaziy Qizilqum fosforitlaridan fosforli o'g'itlar va fosfat tuzlari ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyalari” I xalqaro konferentsiyasiga taklif etadi.

Konferentsiyadan maqsad fosforitlarni qayta ishlash texnologiyalari doirasida erishilgan yutuqlar va uni rivojlantirish istiqbollarini ko'rib chiqishdan iborat.

Ushbu konferentsiya fosfor sanoatida faoliyat olib boruvchi olimlar, mutaxassislar va korxona vakillari uchun konstruktiv muloqot maydoniga aylanishi mumkin.

Asosiy vazifalar:

  • Akademik fanlar va oliy o'quv yurtlari vakillari xamda ishlab chiqarish vakillari o'rtasida ilmiy va ilmiy-texnik muammolarning muxokamasi.
  • Ishlab chiqarish xodimlari va ilmiy xodimlar o'rtasidagi aloqani faollashtirish.
  • Dolzarb, muxim amaliy ilmiy-texnik muammolar muxokamasida talabalar, magistrantlar va ilmiy xodimlarning ishtiroki uchun imkoniyat yaratish.

Sektsiyalar:

  • Qizilqum fosforitlarini mineral kislotalar bilan boyitish texnologiyasi.
  • Qizilqum fosforitlarini mineral kislotalar bilan qayta ishlash texnologiyasi.
  • Qizilqum fosforitlarini ekstraktsion fosfor kislotasi va u asosidagi maxsulotlarga qayta ishlash.
  • Fosfogips va uni qayta ishlash istiqbollari.
  • Fosfat xom ashyosini qayta ishlash va ishlab chiqarishni analitik nazorati.
  • Fosfat xom ashyosini qayta ishlash va ishlab chiqarish tarmoqlarini texnik tartibga solish.

Konferentsiya tashkilotchilari:

  • “O'zkimyosanoat” AJ
  • “Ammofos-Maksam” AJ

Ishtirok etish qiymati: Bepul

Aloqa uchun ma'lumotlar: k.f.n. Axmedov Mansur Eshmamatovich, Mamatkazina Munira Rinatovna (konferentsiya ilmiy kotiblari).

Telefon: (371) 140-74-31,

e-mail: innovatsiya@uks.uz

Fayllar: