“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O'zkimyoimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 22 nafar xodimi ISO 31000:2018 – “Xavflarni boshqarish” xalqaro standartini tizimga joriy etish boʻyicha xalqaro “Cert International” Akademiyasi mutaxassislari tomonidan onlayn formatda oʻqitildi.
Bugun poytaxtimizda “Oʻzkimyosanoat” AJ va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birga amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda Kimyoviy texnologiyalar markazi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida master-planning jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi.
Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning salohiyati va ijtimoiy faolligini ro‘yobga chiqarish borasida tizimli faoliyat olib borayotgan “O‘zkimyosanoat” AJ yurtimizda yoshlar bilan ishlashda ilg‘or tajriba namoyon etgan tashkilotlar qatoridan o‘rin oldi.
Toshkent shahridagi “SAEX Uzbekistan” koʻrgazma majmuasida VIII Innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligi — “InnoWeek-2025” oʻz ishini boshladi. “Chegarasiz gʻoyalar” shiori ostida oʻtkazilayotgan mazkur tadbir mamlakatimizda innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilgʻor texnologiya va innovatsiyalarni keng joriy etish, inson kapitali, ilm-fan va innovatsion salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.
Xabar berib borayotganimizdek, Prezidentimizning 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi biriktirilgan Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida shtab mas’ullari hamda “Mahalla yettiligi” tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov rahbarligidagi ishchi guruhi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi bir qator mahallalarga tashrif buyurdi.
BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni” sifatida belgilangan.
7-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan “15-may – “Xalqaro oila kuni” va “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovini nishonlash maqsadida, vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida Gimnastrada festivali bo‘lib o‘tdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining markaziy ijro apparati va uning tarkibidagi tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishning ustuvor vazifalari” mavzusida maxsus o'quv-seminar tashkil etildi.