“O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bӯlib o'tdi

// 31.08.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (398.95 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ, “O'zkimyoimpeks” MChJ, “Kimyotrans-Logistik” MChJ, “Hamkor Servis” MChJ xodimlari, O'zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari va ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish, “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O'zbekiston taraqqiyotida kimyo sanoatining o'rni” mavzusida esselar tanlovining Respublika bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan o'tgan haftada Navoiy viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog'ida “Navoiyazot” AJ ko'p yillardan buyon 14-tsex sintez apparatchisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Farmonova Sohiba Usmon qiziga D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialiga o'qishga kirish bo'yicha taqdim etilgan imtiyozli grantni tantanali ravishda topshirish marosimi o'tkazildi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati