“O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi shtab mas’ullari hamda “Mahalla yettiligi” tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

// 05.11.2025 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.2 MB)

  Xabar berib borayotganimizdek,  Prezidentimizning 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ishchi guruhi biriktirilgan Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida shtab mas’ullari hamda “Mahalla yettiligi” tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  Uchrashuvda ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari va uni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilinib, jarayonni sifatli tashkil etish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda aholini xabardor qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

  Yig‘ilish yakunida ilgari surilgan takliflar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, tuman mas’ullari bilan olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, dolzarb masalalar va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati


So'nggi yangilash sanasi: 05.11.2025