Mamlakatimizda kimyo sanoatini barqaror va ekologik yo‘naltirilgan rivojlantirish maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilgan holda yangi loyihalarni amalga oshirmoqda.
Ilk mahsulot tayyorlanib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Xitoy uskunalari bilan ta’minlangan majmuaga qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Tug'ilgan yili va joyi: 1977-yil, Samarqand viloyati
Ma'lumoti: oliy, Toshkent kimyo-texnologiya instituti (1999 y, bakalavr), Toshkent kimyo-texnologiya instituti (2005 y, magistratura)
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari
2022-yil yanvar-dekabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 528 tani tashkil etib, 129 tasi yuridik shaxslardan, 399 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 84 tasi qanoatlantirilgan, 429 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 15 tasi koʻrib chiqilmoqda.
2022-yil yanvar-sentyabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 417 tani tashkil etib, 94 tasi yuridik shaxslardan, 323 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 71 tasi qanoatlantirilgan, 346 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.
2021-yil yanvar-sentabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 393 tani tashkil etib, 96 tasi yuridik shaxslardan, 297 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 73 tasi qanoatlantirilgan, 307 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, qolgan 13 tasi koʻrib chiqilmoqda.
2021 yilning birinchi yarim yilligi davomida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ijro apparatiga jami 291 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 68 tasi yuridik shaxslardan, 223 tasi esa jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 50 tasi qanoatlantirilgan, 241 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.