2022-yil yanvar-sentyabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 417 tani tashkil etib, 94 tasi yuridik shaxslardan, 323 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 71 tasi qanoatlantirilgan, 346 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan.
2021-yil yanvar-sentabr oylari davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ ijro apparatiga tushgan jami murojaatlar soni 393 tani tashkil etib, 96 tasi yuridik shaxslardan, 297 tasi jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 73 tasi qanoatlantirilgan, 307 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, qolgan 13 tasi koʻrib chiqilmoqda.
2021 yilning birinchi yarim yilligi davomida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ijro apparatiga jami 291 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 68 tasi yuridik shaxslardan, 223 tasi esa jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 50 tasi qanoatlantirilgan, 241 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan.
"Oʻzkimyosanoat" AJ va tarmoq korxonalari oʻz faoliyati davomida ekologik barqarorlikni taʼminlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilagan. Bu borada ekologik talablarga rioya etish, ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy va ekologik xavfsiz texnologiyalardan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish hamda qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish orqali tabiatga boʻlgan taʼsirni minimallashtirish yuzasidan aniq va amaliy choralar koʻrib kelmoqda.
Bugungi jarayonlar kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash bilan bir qatorda ishlab chiqarishda ekologik tozalikni taʼminlash, chiqindisiz texnologiyalarni va atrof muhitni saqlash dasturlarini joriy etishni ham taqozo etadi.
Mamlakatimizda kimyo sanoatini barqaror va ekologik yo‘naltirilgan rivojlantirish maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJ ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilgan holda yangi loyihalarni amalga oshirmoqda.
Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish, qolaversa, importni maqbullashtirish imkonini beradigan muhim omil.
Avstriya kimyoviy va tahliliy texnologiyalar instituti mutaxassislari keramika materiallaridan kislorod-ionli elektr batareyasini yaratishdi. Ushbu batareyada kislorod-ion eritmasi litiy-ion eritmasiga kabi ishlaydi. Bu shunday boʻladi: kuchlanish qoʻllanilgandan soʻng, kislorod ionlari bir keramika materialidan ikkinchisiga oʻtadi, bunda elektr toki hosil boʻladi.