2021 yilning birinchi yarim yilligi davomida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ijro apparatiga jami 291 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 68 tasi yuridik shaxslardan, 223 tasi esa jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Jami murojaatlarning 50 tasi qanoatlantirilgan, 241 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan.
Murojaatlarning 108 tasi ishga kirish, 14 tasi mineral o'g'it sotib olish, 21 tasi hamkorlik qilish, 9 tasi ish haqini oshirish, 22 tasi homiylik yordami ko'rsatish, 23 tasi qonun va tartib buzilishlari, 94 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 2021 yil yanvar-iyun oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJga jami 107 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 18 tasi qanoatlantirilgan, 89 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan. Murojaatlarning aksariyati Navoiy, Farg'ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolarga to'g'ri keladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 2021 yil yanvar-iyun oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJga jami 5 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2 tasi ijobiy hal qilingan, 3 tasi bo'yicha tushuntirish berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi orqali 2021 yil yanvar-iyun oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJga jami 37 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati yuridik shaxslarga tegishli bo'lib, ularning 9 tasi tijorat takliflari, 7 tasi mineral o'g'it sotib olish yuzasidan, 6 tasi ishga joylashish, 15 tasi boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.
2021 yil yanvar-iyun oylari davomida “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi tomonidan “Farg'onaazot” AJda, “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari tomonidan “Navoiyazot” AJda va Dehqonobod tumani “Beshbuloq” MFYda hamda boshqaruv raisining iqtisod va moliya bo'yicha o'rinbosari tomonidan “Qo'ng'irot soda zavodi” MChJ QKda sayyor qabullar o'tkazilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari jamiyatning ijro apparatida ko'rib chiqilgan hamda qonunda belgilangan muddatlarda murojaat mualliflariga javob berilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha murojaatlarini, shuningdek, mahsulotlarni yetkazib berish va ularning sifat darajasi bo'yicha taklif va e'tirozlarini 78 140-74-48 ishonch telefon raqami orqali ham qoldirishlari mumkin ekanligini ta'kidlab o'tmoqchimiz.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati