“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda aholi salomatligiga tahdid soluvchi turli yuqumli kasalliklar va infektsiyalardan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida tashkilot tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan dezinfektsiya amaliyotida qo'llaniladigan natriy gipoxlorit mahsuloti bir qator vazirlik va tashkilotlarga beg'araz taqdim etildi. Jumladan, natriy gipoxlorit O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va hududiy boshqarmalari, O'zbekiston Respublikasi transport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi kabi o'nga yaqin vazirlik va tashkilotlarga “Jizzax plastmassa” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan 60 litrlik plastik taralarga solib, taqdim etildi.
Ishonch telefoni raqami: (998-71) 200-74-48. Bog'lanish kunlari va vaqti: Dushanbadan - Jumagacha, soat 10.00 dan 17.00 gacha (13-00 dan 14-00 gacha tanaffus). Mas'ul xodim: Kulmetov M. Faoliyat tartibi: “O'zkimyosanoat” AJda “Ishonch telefoni” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida buyruq va nizom asosida faoliyat yuritadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 30.04.2004 y. №204
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.
"O'zkimyosanoat" DAK boshqaruvi raisining 2014 yil 17 martdagi 31-sonli buyruq bilan tasdiqlangan.
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29avgustdagi PQ-3246-sonli qaroriga muvofiq, “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, yehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, xom ashyo, tovarlar, xizmatlarni chet eldan xarid qilishni amalga oshiradi.
“O'zkimyosanoat” AJning 2017 yil 16 oktyabrdagi 190-son buyrug'iga ilova
- Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida, ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish boʻyicha muammolarni koʻrib chiqish va ularni ijobiy hal etish, mahsulotlarning tannarxini tushirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda sifatli olib borish hamda erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashinishni tashkil etish yuzasidan konferensiya bo`lib o`tdi.
Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan ShHT sammiti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Xitoyning “China National Chemical Engineering & Construction Corporation Seven, LTD” kompaniyasi oʻrtasida umumiy qiymati 8 milliard AQSH dollaridan ortiq boʻlgan yirik investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Kelishuvda koʻzda tutilgan loyihalar biologik parchalanadigan polimerlar, ammiak va karbamid kabi jahon bozorida talab yuqori boʻlgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, MTO texnologiyasi asosida metanoldan olefin va MTP texnologiyasi asosida polipropilenni yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.