Togʻ-kon sanoati uchun import orqali olib kirilayotgan kimyoviy mahsulotlarni oʻzlashtirish masalalari yuzasidan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat”AJ mutaxassislari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
19-aprel kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan ““O’zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida konferensiyalar o‘tkazish to‘g‘risida” gi 5-son buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida Saudiya Arabistonining Arkan Hermes Group xalqaro kompaniyasi Boshqaruv raisi o'rinbosari Muhammed Fayyaz Xan (Mohammed Fayyaz Khan) hamda “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi J.Mirzamaxmudov ishtirokida olib borilgan muzokaralar davomida o'zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish bo'yicha tasdiqlangan media-rejaga muvofiq, 26-27 noyabr kunlari “Farg'onaazot” AJga press-tur tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasining navbatdagi tadbiri joriy yilning 14 mart kuni “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etildi.

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Tug'ilgan yili va joyi: 1977-yil, Samarqand viloyati
Ma'lumoti: oliy, Toshkent kimyo-texnologiya instituti (1999 y, bakalavr), Toshkent kimyo-texnologiya instituti (2005 y, magistratura)
Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida barpo etilayotgan yangi korxonalar qurilishini borib ko'rdi.
Oʻzbekistonda sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ichki xomashyo va resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, importga boʻlgan qaramlikni kamaytirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda kimyo sanoati alohida oʻrin tutadi. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi natijalar buni yaqqol tasdiqlaydi.
Oʻzbekistonda sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, ichki xomashyo va resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, importga boʻlgan qaramlikni kamaytirish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda kimyo sanoati alohida oʻrin tutadi. Xususan, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi natijalar buni yaqqol tasdiqlaydi.
Jahon kimyo sanoati xabarlari: 2034-yilga borib ushbu ko‘rsatkich yiliga o‘rtacha 3,8 foizga o‘sib, 9,5 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Bunday o‘sish keng turdagi elektron qurilmalarini ishlab chiqarishda zamonaviy, yengil va mustahkam plastik materiallarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani bilan izohlanmoqda. Bu haqda Precedence Research tahliliy kompaniyasi ma’lum qildi.