"Ўзкимёсаноат" ДАК бошқаруви раисининг 2014 йил 23 октябрдаги "Ишлаб чиқариладиган маҳсулотлар реклама қилиш ва инвестицион лойиҳаларни кенг тарғиб қилиш тартиби тўғрисида"ги 117-сонли буйруқ билан тасдиқланган.
"O'zkimyosanoat" DAK boshqaruvi raisining 2014 yil 23 oktyabrdagi "Ishlab chiqariladigan mahsulotlar reklama qilish va investitsion loyihalarni keng targ'ib qilish tartibi to'g'risida"gi 117-sonli buyruq bilan tasdiqlangan. I.Umumiy qoidalar 1.
Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish va 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga qator topshiriqlar berildi. Prezidentimiz yig‘ilishda respublikamizda fermerlarimiz, dehqonlarimiz tomonidan bildirilgan bir qancha e’tirozlarni ta’kidlab o‘tdilar.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan so‘ngi yillar davomida yoshlarga juda ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zkimyosanoat stipendiyasi” ta’sis etildi. Ushbu stipendiya sohibi bo‘lish imkoniyati Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalariga beriladi.
Bugun bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida jamiyat va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi
Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zkimyosanoat stipendiyasi” ta’sis etilganligidan xabaringiz bor. Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari mazkur stipendiya sohibi bo‘lishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020-yildagi PQ-4805-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Kimyo faniga ixtisoslashgan va umumta’lim maktablarining o`qituvchilari uchun dasturiy va ilmiy faoliyatni tashkil etishning innovatsion ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi o`quv seminar-treningi boshlandi.
“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tashkilot tizmidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog`liq kun.uz internet nashridagi “Zaharlangan Zarafshon” sarlavhali maqolasida keltirilgan maʼlumotlar atroflicha o`rganib chiqilib quyidagilarni maʼlum qiladi.
Joriy yilning 23-fevral kuni “O`zkimyosanoat” AJda “Jamiyatda tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi. Kompleans nazorat xizmati tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda “O`zkimyosanoat” AJ boshqarma va bo`limlarining rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish bo'yicha tasdiqlangan media-rejaga muvofiq, 26-27 noyabr kunlari “Farg'onaazot” AJga press-tur tashkil etildi.