“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan so‘ngi yillar davomida yoshlarga juda ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda.
Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zkimyosanoat stipendiyasi” ta’sis etildi. Ushbu stipendiya sohibi bo‘lish imkoniyati Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalariga beriladi.
Stipendiya sohibi bo‘lish uchun murojaatlar joriy yilning 10-yanvariga qadar https://forms.gle/ozeatis79Bf2qh1D6 - sahifasi orqali qabul qilinadi.
Quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiya belgilanadi:
- Kimyoviy texnologiya 18.03.01;
- Texnosfera xavfsizligi 20.03.01;
- Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi 29.03.04;
- Materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi 29.03.04;
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) 5311000;
- Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 5320400;
- Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi 5321300;
- Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 5322200;
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 5630100;
- Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 5А320401;
- Katalizatorlar va absorbentlar texnologiyasi 5А320402;
- Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari bo‘yicha) 5А320405;
- Kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyalar 5А321401;
- Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 5А630101.
Yuqori bosqich talabalari uchun ta’lim faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlar (oxirigi 2 (ikki) semester davomida, 1-bosqich talabalari uchun (oxirigi 1 (bir) semester reyting ko‘rsatkichi “a’lo” (85 balldan yuqori natija).
Quyidagi hujjatlar baholash jarayonida qo‘shimcha ball olishga asos bo‘ladi:
- Tadqiqot va (yoki) innovatsiyalarda yuqori ko‘rsatkichlar (respublika, viloyat hamda xalqaro olimpiyadalar va talabalar konferensiyalarida ilmiy maqolalari, sovrinlarining mavjudligi).
- Chet tilini bilishini tasdiqlovchi IELTS (6,5 balldan past bo‘lmasligi lozim) yoki boshqa shu turdagi sertifikatga ega ekanligi.
Tanlovda ishtirok etish uchun talaba ushbu hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Majburiy hujjatlar:
- fuqarolik pasporti yoki ID nusxasi;
- 2 dona (3х4 hajmdagi ) rasm;
- reyting daftarchasidan ko‘chirma (rektor yoki rektor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan nusxa);
- rektor nomidan talaba to‘g‘risida tavsifnoma;
- talaba tomonidan kelajak 5 yillik rejasi to‘g‘risida yozilgan insho.
Qo‘shimcha hujjatlar:
- talabaning boshqa yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (maxsus kurslarni tamomlaganligi, IELTS va boshqa diplomlar);
- tadqiqot va (yoki) innovatsion faoliyatidagi yuqori ko‘rsatkichlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
- o‘qishni tamomlagandan so‘ng 3 oy ichida stipendiya sovrindorlari “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining kadrlar zaxirasiga kiritishi va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiradigan har qanday korxonaga ishga joylashishga ustuvorlikka ega bo‘lishi bilan tanishganligini tasdiqlagan holda talabaning roziligi to‘g‘risida yozma ariza.