“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida sodir boʻlgan muhim voqealarning haftalik dayjesti ◾️25-noyabrdan 20-dekabrgacha “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida Aksilkorrupsiya oyligi eʼlon q...
Muloqotda korxonada yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan loyihalar tanlovining 44 turida filologiya, pedagogika va psixologiya fanlari yoʻnalishi boʻyicha “Kimyo atamalarining izohli lugʻatini yaratish” mavzusida bajarilishi bir yilga moʻljallangan amaliy loyihalar tanlovi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining tilshunos olimlari, “Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari va kimyo sohasi mutaxassislardan iborat ilmiy jamoa tomonidan amaliy loyiha tayyorlandi.
Joriy yilning 28-iyul kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda AQSHning “Honeywell UOP” kompaniyasi vakillari bilan samarali ishlab chiqarishni tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida kimyo sanoati sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat byudjet oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti administratsiyasining delegatsiyasi rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi.
Tadbirda D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti rektori A.G.Majuga, Filial direktori S.N.Filatov, “O'zkimyosanoat” AJ Boshqaruv raisi, Toshkent shahridagi filialning Ijrochi direktori J.T.Mirzamaxmudov, Xalqaro loyihalar va dasturlar boshqarmasi boshlig'i O.B.Vasileva, universitet va filial mas'ul xodimlari va talabalar ishtirok etdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyat Nizomida belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishda, targ'ibot va axborot materiallarida asosiy indentifikator sifatida foydalaniladigan zamonaviy, original va oson taniladigan logotipni yaratish uchun tashkilotning eng yaxshi logotipi va shiori uchun tanlov e'lon qilindi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 23-fevral kuni “O`zkimyosanoat” AJda “Jamiyatda tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati” mavzusida seminar bo`lib o`tdi. Kompleans nazorat xizmati tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda “O`zkimyosanoat” AJ boshqarma va bo`limlarining rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasining navbatdagi tadbiri joriy yilning 14 mart kuni “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etildi.