“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati “Kimyo-sanoati tarmog'idagi innovatsion loyiha” tanlovini e'lon qiladi

// 08.01.2021 Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (45.49 KB)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi neft-gaz kimyosi sanoatidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan asosiy vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishning 93-son bayonnomasiga asosan o'tkazilayotgan tanlov “O'zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida yuqori texnologiyalarga ega bo'lgan raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ni yaratish uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mahalliy yoki ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash orqali joriy etishga qaratilgan. Taklif etilayotgan loyihalar amaliy natijaga ega bo'lishi va O'zbekiston Respublikasi hududida ushbu loyihani amalga oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bo'lishi zarur.

Tanlovda O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g'olibi maxsus diplom va 100 million so'm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etuvchi loyiha xujjatlari tashkilotning rasmiy veb-saytiga (https://uzkimyosanoat.uz) yuklangan “O'zkimyosanoat” AJda innovatsion mahsulotni joriy etish tartibi to'g'risida”gi («Polojeniya o poryadke vnedreniya innovatsionnoy produktsii v AO «Uzkimyosanot») nizom talablariga asosan rasmiylashtirilib “O'zkimyosanot” AJ (manzil: Toshkent sh., Navoiy shoh ko'chasi, 38)ga yuborilishi lozim.

Innovatsion loyihalar 2021 yil 11 yanvardan 2021 yil 11 fevralgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun o'z takliflaringizni yopiq konvertlarda rasmiy xat bilan yuborishingiz so'raladi. Belgilangan muddatlardan keyin yuborilgan takliflar ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Tanlov natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar tanlovga hujjatlar qabul qilinishi yakunlangandan 45 kun o'tib tashkilotning veb-saytida e'lon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon  (+998 78) 140-74-71

O'zkimyosanoat AJ huzuridagi Ilmiy texnik kengash xulosasini olish zaruriyati bo'lganda tanlov natijalarini e'lon qilish muddati uzaytirilishi mumkin.