“Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Sizga quyidagilarni maʼlum qiladi.
Nomlanishi Davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi Ochiq ma’lumotlarni taqdim etuvchi tashkilot "O’zkimyosanoat" AJ Soha Moliya Ma’lumot to‘plami raqami uks-od-015 Ma’lumot to‘plamini yangilanish davriyligi Yillik Ma’lumotlar turi Yangilanadigan Mas’ul shaxs Axmedov Azizbek Muxammadiyevich Mas’ul shaxs telefon raqami +998781407459 Mas’ul shaxs elektron pochta manzili info@uks.
Jamiyat aksiyadorlarining 2024-yil 5-sentabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida jamiyat aksiyadori – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli umumiy nominal qiymati 25 439 825 260 so‘m bo‘lgan 22 218 188 dona egasining nomi yozilgan hujjatsiz oddiy aksiyalarni qisqartirish (bekor qilish) yo‘li bilan jamiyatning ustav fondini 3 352 228 756 080 so‘mdan 3 326 788 930 820 so‘mga kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
«O’zkimyosanoat» AJning Kuzatuv kengashi tomonidan 2021 yil 17 fevral 10-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
"O‘zkimyosanoat" AJ va “CRPT TURON” MChJ o‘rtasida O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari sohasida raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-son qarori maqsadlarini amalga oshirish uchun imzolangan bo‘lib, tomonlarning sohani raqamli transformatsiya qilishda uzoq muddatli hamkorlikka intilishini mustahkamlaydi.
Bugun poytaxtimizda “Oʻzkimyosanoat” AJ va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan birga amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda Kimyoviy texnologiyalar markazi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida master-planning jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining ekologik taʼsiri: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida anjuman tashkil etildi
Xabar berib borayotganimizdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ fermerlar va soha vakillari ishtirokida hududlarda “Mineral oʻgʻit - moʻl hosil garovi” mavzusida turkum amaliy seminarlar oʻtkazib kelmoqda.
Joriy yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari va Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni alohida taʼkidladi. Tomonlar energetika va kimyo sanoati sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanov Parkent tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi, alohida e'tiborga muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.