Joriy yilning 29-sentabr kuni Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari va Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols ishtirokida sammit boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni alohida taʼkidladi. Tomonlar energetika va kimyo sanoati sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik jamiyati va Germaniyaning Linde GmbH kompaniyasi bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Tashabbus “Metanol-olefin” kompleksi uchun sintez gazi va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda vodorod ishlab chiqarish kabi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini birgalikda qurish imkoniyatlarini baholashni oʻz ichiga olada. Bundan tashqari, tomonlar Oʻzbekistondagi mavjud sanoat obyektlarini modernizatsiya qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.
Yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish va mavjud infratuzilmalarni modernizatsiya qilish natijasida, karbonad angidrid tashlanmalari, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish darajasini kamayishiga erishiladi, shuningdek, muqobil energiya manbalari hissasini oshiradi. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasining “Yashil iqtisodiyot” strategiyasini amalga oshirishga hissa qoʻshadi.