“International hotel Tashkent” mehmonxonasida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferentsiya bo'lib o'tmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari - energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.
Prezidentimizning 2025 yil 6 martdagi PF-18-sonli farmoyishi asosida 11 martdan boshlab “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e’lon qilingan.
“O‘zkimyosanoat” AJda ijro apparatidagi quyidagi bo‘sh lavozimlarga tavsiya etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida: Kapital qurilish va loyihalashtirish guruhi bosh mutaxassisi; Kimyo texnoparki guruhi menejeri; Kimyo texnoparki guruhi bosh mutaxassisi.
Joriy yilning 25 mart kuni "Oʻzkimyosanoat" AJ va tizim korxonalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tushuntirish ishlarini olib borish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Bo'sh ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlarni mazkur saytning uzkimyosanoat.uz/oz/company/vacancy havolasi va jamiyat Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan (+998781407439) olishingiz mumkin.
Nomzodga qoʻyiladigan talablar: 30 yoshdan 35 yoshgacha; Iqtisod, moliya, moliyaviy kredit, yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumot; Moliya, iqtisod, audit, nazorat taftish, gʻaznachilik, davlat xaridlarini boshqarish va yurisprudensiya sohalari boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasi (moliyaviy nazorat, gʻaznachilik va davlat xaridlari sohalarida ishlagan boʻlsa ustunlik beriladi); Moliyaviy nazorat, davlat xaridlari, komplayens nazorat, ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalarda kamchiliklarni tekshirish, aniqlash hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish, zamonaviy fikrlash, soha boʻyicha takliflar berish hamda ularni joriy etish; Oʻzbek tilini yozma va ogʻzaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi maʼqullanadi; Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida, ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish boʻyicha muammolarni koʻrib chiqish va ularni ijobiy hal etish, mahsulotlarning tannarxini tushirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda sifatli olib borish hamda erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashinishni tashkil etish yuzasidan konferensiya bo`lib o`tdi.